“Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi o‘tkazildi

Bugun Kattaqo‘rg‘on shahrida “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” ko‘rik-tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Shahar Madaniyat saroyida o’tkazilgan tanlovni shahar hokimi Gavhar Alimova kirish so’zi bilan ochib berdi va mahalla tizimining mamlakatimiz taraqqiyotidagi o‘rni hamda har bir mahallaning obodligi yurt obodligini belgilashini ta’kidlab, ishtirokchilarga omad tiladi.

Ko‘rik-tanlov nizomiga muvofiq, shahrimizning 30 ta mahallarida 10 noyabrdan 15 noyabrga qadar ko‘rik-tanlovining mahalla bosqichlari o‘tkazilib, ularda jami 30 nafar mahalla raislari, 90 ta xonadon va 36 ta ko‘chaboshilari ishtirok etdilar.

Natijalarga ko‘ra 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 5 nafar mahalla raislari, 3 ta xonadon egalari va 3 nafar ko‘chaboshilari tanlovning shahar bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Tanlovning 1-yo‘nalishi (Obod xonadon) bo‘yicha 1- o‘rinni “Zarafshon” mahallasi Buxoro ko‘chasi 36 uyda yashovchi Mavjuda Safarova qo‘lga kiritgan bo‘lsa, tanlovning 2-yo‘nalishi (Obod ko‘cha) bo‘yicha “Bahoriston” mahallasi Alisher Navoiy ko‘chasi ko‘chaboshi Umid Toirov qo‘lga kiritdi.

Tanlovning 3-yo‘nalishi (Obod mahalla) 2 ta shart bo‘yicha mutloq g‘oliblikni “Damariq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Marxabo Sidikova qo‘lga kiritdi.

G‘olib bo‘lgan ishtirokchilargi shahar hokimi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Tanlov yakunida shahar Madaniyat bo‘limi san’atkorlari hamda “Umid g‘unchalari” raqs ansamblining chiqishlari yig‘ilganlarga a’lo kayfiyat ulashdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan