SHAHAR HOKIMINING SHAXSIY QABULI O’TKAZILDI
Bugun Kattaqo’rg’on shahar Xalq qabulxonasi binosida shahar hokimi Gavhar Alimovaning fuqarolar uchun shaxsiy qabuli o’tkazildi. Mazkur qabulda 10 ga yaqin fuqarolarning o‘z yechimini kutayotgan masalalar bo’yicha murojaatlari qabul qilindi.
Qabul jarayonida fuqarolardan uy ta’miri, aliment undirish, ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Mazkur murojaatlarning 3 tasi joyida ijobiy hal etildi, 2 tasiga huquqiy tushuntirishlar berildi va qolgan murojaatlarni ijrosi nazoratga olinib, tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi.










