INGICHKADA SAYOR

Bugun Ingichka qo’rg’oni Poliklinikasida shahar hokimi Gavhar Alimovaning fuqarolar uchun qabuli o’tkazildi. Unda 40 ga yaqin fuqarolarning moddiy yordam, uy-joy ta’miri, ichimlik suvi ta’minoti, davolanish, ishga joylashish va boshqa masalalar yuzasidan murojaatlari o’rganldi.

O’rganish davomida murojaatlarning 20 ga yaqini joyida hal etildi, 5 tasiga huquqiy tushuntirish berildi va qolganlari nazoratga olindi. Ayrim murojaatlar joyiga chiqib o’rganilib, mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Shuningdek, qabul doirasida aholining sog‘lig’i bilan bog‘liq murojaatlaridan kelib chiqib tibbiy ko’rik tashkil qilindi. Unda Samarqand davlat tibbiyot universiteti tajribali professorlari va dotsentlari bevosita ishtirok etib, chuqur klinik ko‘rik, maslahat va aholi o‘rtasida skrining tekshiruvi, shuningdek yuqori malakali mutaxassislar ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan