Shahrimizda “Yashil makon” loyihasi uyushqoqlik bilan o’tkazilmoqda

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida shahrimizda ham ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, ta’lim muassasalari, mahallalar tashkilotlarda va ko‘chalar bo‘ylab turli xildagi daraxtlar hamda gul ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.

Bugun, ushbu loyiha doirasida 20 umumta’lim maktabida sahrimizdagi maktablar rahbarlari ishtirokida seminar o’tkazilib, “Ustozlar bog’i” yaratildi. Ushbu tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, tegishli mas’ullar ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilari maktabda amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari, yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar hamda yaxshi niyatlar bilan maktab hududiga 200 tup daraxt hamda 50 tup gul ko’chatlari o’tqazildi.

Shahar hokimi bu boradagi ishlar shahrimizni yanada chiroy ochishi, yashillikka burkashi bilan birga atrof-muhit musaffoligini ta’minlashda ham ulkan ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan