RAQAMLI AVLOD QIZLARI
Joriy yilning 4-8-noyabr kunlari ixtisoslashtirilgan maktab binosida shahrimizdagi iqtidorli qizlarni kashf qilish hamda ularning ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida “Raqamli avlod qizlari” tanlovining Kattaqo’rg’on shahar bosqichi o’tkazilgan edi.
Ushbu tanlovda 16-20 hamda 21-30 yosh toifalari bo’yicha 200 ga yaqin iqtidorli yoshlar ishtirok etishdi.
Shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo’limida ushbu tanlovda g’olib bo’lgan yoshlarni taqdirlash tadbiri o’tkazildi.
Unda ishtirok etgan shahar hokimi o’rinbosari J.G’aniyev istedodli yoshlarni tabriklab, ularga tashakkurnoma va esdalik sovg’alarini topshirdi.









