YANGI AVLOD HAMSHIRALARINI TAYYORLASHDA UZLUKSIZ TA’LIM
Kattaqo‘rg‘on Jamoat salomatligi texnikumida bo‘lib o‘tgan konferensiya ana shu mavzuga bag‘ishlandi. Unda shahar hokimi Gavhar Alimova, Samarqand davlat Tibbiyot universiteti rektori Jasur Rizaev, viloyatdagi jamoat salomatligi texnikumlar rahbarlari, tibbiyot xodimlari ishtirok etdilar.
Dastlab, ishtirokchilar texnikumda yoshlarni ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.
Shundan so‘ng konferensiyani ochib bergan shahar hokimi tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu borada soha xodimlarini tayyorlashga qaratilayotgan e’tibor va jamoat salomatligi texnikumidagi imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi.
So’zga chiqqan Samarqand DTU rektori Jasur Rizaev oliy ta’lim va tibbiyot texnikumlari o‘rtasidagi hamkorlik hamda Kattaqo‘rg‘on jamoat salomatligi texnikumi bilan birgalikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirdi.
Konferensiyada kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.









