Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik boshlandi

Prezidentimizning 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida” PF-173-son Farmoniga ko‘ra 2026 yil 15 yanvar — 28 fevral kunlari aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkaziladi.

Kattaqo‘rg‘on shahrida ham mazkur farmon ijrosi hamda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha shahar komissiyasi hamda shahar shtabi tashkil etilgan. Shuningdek, ushbu jarayonni tashkil etishda mas’ul xodimlar uchun o‘quv-seminari o‘tkazilib, tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Bugun respublika ishchi guruhi vakili Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra’no Turdiboeva bu borada shahrimizda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. R.Turdiboeva shahar shtabi hamda “Yermachit” mahallasida bo‘lib, ro‘yxatga olish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish ishlari bilan tanishib, mas’ullar bilan suhbatlashdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan