Xalqaro anjuman doirasida tadbirlar davom etmoqda
YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida Samarqand shahridagi tadbirlar davom etmoqda.
Jumladan, ayni damda YUNESKO va Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Samarqanddagi Xalqaro kongress markazida “Gender tengligini ko‘p tomonlama hamkorlik orqali rivojlantirish” mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tmoqda.
Tadbirda Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova hamda hokim o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Shahlo Kuchkarova ishtirok etmoqda.
YUNESKO bosh direktori Odri Ozule:
- “Gender tenglik sinfxonalardan boshlanadi”. Maktab taʼlimidan tortib oliy taʼlimgacha gender tenglik bo‘lishi kerak. Gender tenglik masalasiga maktab partasidanoq ahamiyat berish lozim.









