“To‘y va marosimlarda me’yor — baraka garovi”

”Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar. Zero, U isrof qilguvchilarni sevmas” (Aʼrof, 31).

«Chinobod» mahallasida to‘y-hashamlar va marosimlarni ixchamlashtirish, isrofgarchiliklarning oldini olish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda shahar hokimi G.Alimova, shahar bosh Imom xatibi A.Nazarov, tegishli mas’ullar mahalla yettilik a’zolari va mahalla faollari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasining joriy yil 16 sentabrdagi 589-son qarori mazmuni hamda to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazilishini tartibga solish, milliy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan turli urf-odatlarga chek qo‘yish muhimligi xususida so‘z bordi.

Shuningdek, isrofgarchilikga yo‘l qo‘ymaslik— nafaqat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi, balki jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishi, shu bois, to‘y va marosimlarni me’yorda, oddiy va mazmunli o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan