XALQ ROZILIGI YO’LIDA
Shahrimizda aholi qulayligi yo’lida keng ko’lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova mas’ullar hamrohligida shahrimizda olib borilayotgan ushbu qurilish va obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi.
Dastlab shahar hokimi Suv ta’minot korxonasiga tashrif buyurib, bu yerda amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari jarayonini ko‘zdan kechirdi hamda quruvchilar va mas’ullarga tegishli tavsiyalarini berdi.
Hozirda korxonaning 2 qavatli binosi kapital ta’mirdan chiqarilib, yana qo‘shimcha 3 qavatli ichimlik suvi tarkibi va sifatini nazorat qilish laboratoriyasi binosi barpo etilmoqda.
Shuningdek, shahar hokimi Alisher Navoiy ko’chasida olib borilayotgan asfaltlash jarayoni va shahrimizning “eski shahar” hududidagi obodonlashtirish ishlari holatini o’rganib, bu borada mas’ullarga aniq topshiriqlar berdi.









