ICHKI ISHLAR XODIMLARI E’TIROF ETILDI

Yangi O‘zbekistonda «Inson qadri uchun» ezgu tamoyili asosida olib borilayotgan islohotlarni hayotga joriy etishda Ichki ishlar xodimlari davlatimiz va jamiyatimizning mustahkam tayanchi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bugun shahar hokimi Gavhar Alimova soha xodimlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ularni samimiy muborakbod etdi. O‘z hayotini yurt tinchligi hamda osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishdek olijanob ishga bag‘ishlagan, muqaddas qasamyodiga sodiq bo‘lgan fidoyi kasb egalarining xizmatlarini e’tirof etdi.

Tadbir davomida Kattaqo‘rg‘on shahrida aholi farovonligi va totuvligini, jamoat tartibini saqlash, mahallalarda sog‘lom xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklarni oldini olish borasida samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh soha fidoyilariga shahar hokimining faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan