Keyingi yillarda shahrimizda taʼlim tizimida, xususan, maktabgacha taʼlim sohasida ijobiy ishlar olib borilib, keng koʻlamdagi oʻzgarishlar amalga oshirildi. Yangi maktab va maktabgacha taʼlim tashkilotlari barpo etildi. Moddiy texnik bazasi yaxshilandi. Pedagog kadrlarning salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi.
⚡️Shu jumladan, 18 davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti yangi binosining foydalanishga topshirilgani ham bu boradagi ishlarning amaliy natijasi, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Tadbirda shahar hokimi Gavhar Alimova, taʼlim sohasi xodimlari, jamoatchilik vakillari, mahalla faollari ishtirok etdi.
🔹Yangi bino 180 oʻringa moʻljallangan boʻlib, barcha imkoniyatlarga ega. Oʻquv mashgʻulotlari, yotoqxona, ovqatlanish xonasi va oshxona, jismoniy tarbiya va boshqa xonalar zamon talablari darajasida jihozlangan.
More Stories
“Dolzab 30 kun oyligi hamda Chorshanba yong‘inlar profilaktikasi kuni”
Kattaqo’rg’on shaharda «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» musobaqasining 2-mintaqa bosqichi bo’lib o’tdi
Kattaqo’rg’on shaharda «Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari» musobaqasining 2-mintaqa bosqichi bo’lib o’tdi