Iyun 13, 2025

KATTAQO'RG'ON TONGI

M: Kattaqo’rg’on shahri, Amir Temur ko‘chasi, 4-uy. Tel: 66 455-24-95

GʻOLIBLAR TAQDIRLANDI

Mamlakatimizda iqtidorli oʻquvchilarni aniqlash, ularning isteʼdodlarini roʻyobga chiqarishga imkon yaratish, yosh avlodni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilib, ulkan imkoniyatlar yaratilmoqda. Albatta, bu imkoniyatlarga javoban yoshlarning ilm-fan, sport va boshqa sohalarda koʻplab yutuqlarni qoʻlga kiritayotganliklari quvonarli albatta.
⚡️Shu jumladan, joriy yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni oʻqitish boʻyicha eng yaxshi maktab” tanlovining shahar bosqichida ishtirok etgan shahrimizdagi 14-IDUM faxrli 1-oʻrinni, 2-IDUM 2- oʻrinni hamda 3 maktab 3- oʻrinni qoʻlga kiritdilar. Gʻoliblar pul mokofotlari bilan taqdirlandilar.

⚡️Shahar hokimi Gavhar Alimova ularning yutuqlarini eʼtirof etdi va shahrimizdagi barcha maktablarni yoshlarga munosib taʼlim-tarbiya berishda doim yetakchilar safida boʻlishini tiladi.