Bugun shahar hokimligi apparat xodimlari uchun navbatdagi siyosiy-maʼrifat oʻquv soati oʻtkazildi.
Oʻquv soati davomida quyidagi mavzulardagi maʼruzalarni tingladilar:
🔹Dastlab hafta davomida yurtimizda hamda xorijda roʻy bergan voqea va hodisalar sharhi bilan tanishdilar.
🔹”Oʻzbekiston 2030” strategiyasini va uni 2023 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va qarorining mazmun va mohiyati oʻrganildi.
🔹Davlat xizmatchilari uchun “Hayotda omad kelishining oddiy yoʻllari” deb nomlangan video lavha namoyish etildi.
🔹Konstitutsiyaviy savodxonlik va “Mutolaa vaqti” ruknida Uygʻonish vaqti kitoblar toʻplami toʻgʻrisida maʼlumotlar tinglandi.