Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni hayotga tatbiq etish maqsadida Kattaqoʻrgʻon shahar ixtisoslashtirilgan maktabida «Sifatli taʼlim – kuchli jamiyat» mavzusida ustozlar forumi boʻlib oʻtdi,




Ikki kun davom etgan tadbirda ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligining xalqaro baholash va pedagogik mahorat ilmiy-amaliy markaz direktor oʻrinbosari Iroda Saipova va viloyat maktabgacha va maktab taʼlimot boshqarmasi ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish shu’basi boʻlimi boshligʻi Javlonbek Miyassarov ishtirok etdilar. Forum yakunida faol pedagoglarga tashakkur- nomalar taqdim etildi.