O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazining маълумотига asosan, respublika bo‘yicha anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Shu sababli, Pensiya jamg‘armasi qariya va keksa yoshdagi fuqarolarni anomal sovuq ob-havo sharoitida uyda qolishlarini so‘raydi.

Hurmatli fuqarolar!
Ob-havo sharoitlari yaxshilangandan so‘ng pensiya tayinlash uchun murojaat qilishni so‘rab qolamiz. Bunda, kechroq murojaat qilish Sizning pensiyaga bo‘lgan huquqingizga ta’sir qilmaydi, ya’ni pensiyalar pensiya yoshiga yetgan sanadan tayinlab beriladi.

Bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik suyunchi nafaqasi va fuqaronning vafoti munosabati bilan beriladigan dafn nafaqasi tayinlash uchun Pensiya jamg‘armasiga murojaat qilmasdan, Xalq bankining istalgan filialiga borib, nafaqa puli olishingiz mumkinligini eslatib o‘tamiz.

? 11-40     ?pfru.uz

Kattaqo’rg’on tongi gazetasi

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan