Ijro intizomi, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari tahlili. Samarqand davlat universitetining Kattaqo’rg’on filialida faoliyat yuritayotgan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limi aniq va ravshan tuzib olingan reja asosida ta’limga oid O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, vazirlik tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosining doimiy nazorati va monitoringi tashkil etilmoqda.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at va apparat yig’ilishi qarorlari va topshiriqlari, shu bilan birgalikda Samarqand Davlat universitetining Kattaqo’rg’on filiali Kengash yig’ilishi qabul qilgan qarorlarini ham tizimli ravishda ijrosini ta’minlash yo’lga qo’yilgan. Samarqand Davlat universitetining Kattaqo’rg’on filialiga 2022-yilning yanvarsentabr oylarida kelib tushgan murojaatlar to’g’risidagi ma’lumotlar tahlil qilinganda, jami filialga kelib tushgan murojaatlar soni – 981 tani tashkil etgan.
Shundan virtual qabulxona orqali kelib tushgan murojaatlar soni 3 tani tashkil etgandi. Virtual qabulxonadan tashqari bevosita filialga kelib tushgan murojaatlardan: Og’zaki murojaatlar – 58 ta; Yozma murojaatlar – 914 ta; Elektron pochta orqali kelib tushgan murojaatlar esa 6 tani tashkil etadi. Samarqand Davlat universitetining Kattaqo’rg’on filiali rahbariga murojaat qilgan shaxslarning umumiy soni 84 nafarni; Rahbar o’rinbosarlari tomonidan qabul qilingan murojaatchi shaxslar soni 250 nafarni tashkil etgan. Kelib tushgan murojaatlarning barchasini o’z joyida ijrosi ta’minlangan. Bevosita filialga kelib tushgan jami 981 ta murojaatlardan 708 tasi qanoatlantirildi, 198 tasiga tushuntirish berildi, 6 tasi o’rganish jarayonida. Virtual qabulxona orqali kelib tushgan jami 9 ta murojaatdan 8 tasi qanoatlantirildi, 1 tasi tegishliligi bo’yicha boshqa tashkilotga yuborildi. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limida qonun buzilish hollari bo’lgan emas, lekin murojaatlar bilan ish olib borilganda kamchiliklarga yo’l qo’yilgan holati bo’lgan. Kamchiliklarni sodir etgan xodimga nisbatan javobgarlik choralari qo’llanilgan. Hayfsan berilgan. Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida filial tizimidagi murojaatlar bilan ishlash tizimini yaxshilash va tizimli muammolarni hal etish bo’yicha tarkibiy bo’linmalar va tarkibiy qismlardagi mas’ul xodimlar ishtirokida ikki marta seminar mashg’ulot, ikki marta ishchi yig’ilish o’tkazildi.
Samarqand Davlat universitetining Kattaqo’rg’on filiali tomonidan 2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida eng ko’p murojaatlar kelib tushayotgan tizimli, dolzarb muammolarni hal etish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, tushuntirish ishlari olib borildi, jumladan, Samarqand Davlat universitetining Kattaqo’rg’on filiali veb-saytiga, filialning matbuot kotibiyatiga hamda “Kattaqo’rg’on tongi” gazetalari kabi ommaviy axborot vositalariga materiallar berib borilmoqda.
Samarqand Davlat universitetining Kattaqo’rg’on filialida faoliyat yuritayotgan Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’limi bugungi kunda “Ijro.gov.uz” yagona hujjatlar aylanmasi tizimi asosida ish olib bormoqda. Bo’limga kelib tushgan hujjatlar, topshiriqlar va murojaatlar o’rganilib, tegishliligi bo’yicha tarkibiy bo’limlarga yuborilmoqda, hamda ijrosining ta’minlanishi nazoratga olingan. Bugungi kunda “Ijro.gov.uz” tizimi orqali bajarilgan topshiriqlarning jami soni 219 ta, bajarilgan 183 ta, texnik sabablarga ko’ra muddati o’tib bajarilgan 26 ta, ish jarayonida 10 ta xat va topshiriqlar mavjud.
Musoqul HAQBERDIYEV, Jismoniy va yuridik shaxslarni murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo’lim boshlig’i.