Farmonga ko’ra, 2022-yil 1-martdan boshlab:

a) kompensatsiya to‘lovi, uni olish huquqiga ega bo‘lgan barcha imtiyozli toifadagi shaxslarga, ushbu shaxslarning pensiya (ijtimoiy nafaqa) olishi yoki olmasligi hamda mehnat faoliyatini olib borishi yoki olib bormasligidan qat’i nazar to‘lab boriladi;

b) ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslarga kompensatsiya to‘lovi joriy etiladi.

Bunda, ijtimoiy nafaqa oluvchi o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz shaxslar uchun har oylik kompensatsiya to‘lovi — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 45 foizi miqdorida to‘lanadi;

v) yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan ijtimoiy nafaqa oluvchi shaxslar uchun har oyda — pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov belgilanadi.

Bunda, 100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar nafaqasiga har oyda to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali respublika budjeti va Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

2. Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarining summasi jismoniy shaxslarning jami daromadiga qo‘shilishi hamda pensiya va nafaqalar to‘lanadigan tartib va muddatlarda to‘lanishi belgilandi.

Pensiya yoki nafaqa olmaydigan uy-joy-kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensatsiya pul to‘lovlarini olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslarga kompensatsiya puli 2022-yil 1-martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi orqali pensiya va nafaqa to‘lanadigan muddatlarda to‘lanadi”.

“1. Yoshi 100 ga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga (nafaqasiga) 2022-yilning 1-martidan boshlab, har oyda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov to‘lash belgilandi.

100 yoshga to‘lgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga (nafaqasiga) har oyda to‘lanadigan qo‘shimcha to‘lov pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.

Kattaqo’rg’on shahar BTPJ bo’limi mutaxassisi S.Virzaev.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan