So`ngi yillarda Kattaqo`rg`on shahar hududida ko`plab yangi va zamonaviy osmono`par binolar hamda uy-joylar qad ko`tarib, foydalanishga topshirilmoqda.
Ammo e`tabor berib qaralsa, barpo binolarning ko`pchiligida xavfsizlikka e`tabor berilmayapti. Bir-biriga yaqin qurilgan binolarning oralig`idagi yong`inga qarshi devorlar, yo`llar, xavfsizlik yo`laklari uchun joy joy ajratilmagan. Me`yoriy hujjatlar talablariga zid ravishda qurilayotgan uylardagi yong`in chiqishiga sabab bo`luvchi holatlarni ko`rish mumkin. Chunki ayrim ko`p qavatli binolarning isitish tizimi, yong`inga qarshi oraliq masofa qoldirilmaganligi, xonalardagi isitish pechlari, dudbo`ronlarning yong`in xavfsizligi talablariga mos kelmasligi, noto`g`ri qurilganligi, havo tortish yo`llarining yo`qligi kabi qo`shtirnoq ichidagi kamchiliklar mavjud.
Binolar belgilangan me`yor talablariga mos ravishda qurilsagina mustahkam, xavfsiz va albatta bizdan keyingi avlodlarga xizmat qiladi.
Dilshod Ochilov
Kattaqo`rg`on shahar FVB Normativ-texnik
bo`linmasi boshlig`i katta leytenant