Аholini ro‘yxatga olish tartiblaridan xabardormisiz? Soʼrovnomalar asosiy demografik koʼrsatkichlar, aholining mexanik harakati, migratsiyasi, milliy xususiyatlari, fuqaroligi, taʼlim darajasi, uy xoʼjaligi aʼzolarining iqtisodiy holati, bolalar soniga oid savollardan iborat boʼladi. Yashab turgan xonadonida roʼyxatdan oʼtishni istamagan respondentlar uchun roʼyxatga olish soʼrovnomalarini toʼldirish ularning oʼzlari yashab turgan mahallalarda tashkil etiladigan instruktorlik uchastkalarida amalga oshiriladi. Respondentlar tomonidan taqdim etilgan shaxsga doir maʼlumotlarning maxfiyligi va ularning mazmuni oshkor etilmasligi roʼyxatga oluvchi tomonidan kafolatlanadi. Ikkinchi usulda respondentlarga qulaylik yaratish maqsadida internet jahon axborot tarmogʼi orqali roʼyxatdan oʼtish imkoniyati yaratiladi. Bunda soʼrovnomalar aholining oʼzi tomonidan maxsus dastur orqali toʼldirilib, belgilangan elektron manzilga joʼnatiladi. — Аholini roʼyxatga olishning birlamchi maʼlumotlari hududiy statistika boshqarmalari huzurida tashkil etiladigan markazlarda maxsus dasturiy taʼminot asosida 2024- yil 1- yanvardan 31- dekabrga qadar operatorlar tomonidan elektron bazaga kiritiladi. Roʼyxatga oluvchi xodimlar tomonidan tayyorlangan yigʼma roʼyxatlar natijalari asosida shahar va qishloqlar, shu jumladan, erkaklar va ayollar boʼyicha aholi soni toʼgʼrisidagi dastlabki maʼlumotlar esa 2024- yil 1- martga qadar tayyorlanadi. Аholini roʼyxatga olishning elektron maʼlumotlar bazasi 2025- yil 1- dekabrgacha tahlil etiladi va yakuniy maʼlumotlar respublika hamda hududlar boʼyicha shakllantirilib, rasman eʼlon qilinadi. Mazkur vazifalarning bari tizimli tarzda amalga oshirilgani holda, roʼyxatga olish orqali respublika aholisi va uning farovonligi toʼgʼrisida ishonchli maʼlumotlar toʼplanadi. Ular aholi soni, tarkibi va taqsimlanishi boʼyicha toʼliq bazani shakllantirish bilan birga, Milliy rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish, ularda foydalaniladigan demografik oʼzgarishlar tendentsiyalari, mehnat resurslari joylashuvi hamda ilmiy tadqiqotlar olib borishda qoʼl keladi. Kattaqo’rg’on shahar statistika bo’limi