CHet el davlatlari tajribasidan ma’lumki, aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish ko‘p mehnat va mablag‘ talab etadi. Buning uchun tadbirni moliyalashtirish manbalarini aniqlashtirib olish ham muhim masalalardan biri hisoblanadi.
YUrtimizda 2023 yilda o‘tkaziladigan aholini ro‘yxatga olish tadbirlarini moliyalashtirish, O‘zbekiston Respublikasida
aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasiga muvofiq, Davlat byudjeti mablag‘lari va qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi.
Moliyalashtirish uchun zarur mablag‘lar hajmi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi va boshqa mas’ul idoralar
hisob-kitoblari asosida, shuningdek, tender savdolari va tender hujjatlarini rasmiylashtirish natijalari bo‘yicha aniqlanadi.
Aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga, uning materiallarini qayta ishlashga, natijalarini olish va e’lon qilishga jalb etilgan xodimlarning mehnatiga haq to‘lash maxsus ishlab chiqilgan va tasdiqlangan normativlar asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot tariqasida, 2010 yilda o‘tkazilgan aholini ro‘yxatga olish tadbirlariga sarflangan xarajatlar qiymati o‘rtacha aholi jon boshiga Tojikistonda 1,31 AQSH dollarini, Qirg‘izistonda
1,12 AQSH dollarini, Ozarbayjonda 1,03 AQSH dollarini, Moldovada
2,15 AQSH dollarini, Rossiya Federatsiyasida 3,81 AQSH dollarini tashkil etgan.