Aholini ro`yxatga olish orqali faqat aholi haqidagi ma`lumotlarni emas, balki mamlakatning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi tarkiblari haqida ma`lumotlarni olishga muvaffaq bo’linadi. Aholini ro`yxatga olish savolnomasida faqat demografik ma`lumotlarni yig`ish bilan chegaralanib qolmaydi. Aholini ro`yxatdan o`tkazish savolnomasi aholi soni, yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma`lumot darajasi, nikoh holati, bandligi kabi birqator ko`rsatkichlardan tashqari yashash sharoiti, daromadlar manbai va boshqa tavsiflari haqida ma`lumot olishning yagona manbai hamdir. Mustaqillik yillarida O`zbekiston Respublikasida Aholini ro`yxatga olish umuman o`tkazilmagan bo`lib, mazkur tadbir ilk marotaba o`tkazilayotganligini inobatga olib, tadbirga puxta tayorgarlik ko`rish va uni sifatli o`tkazish maqsadida 2023yilga o`tkazish belgilandi. So`nggi marta O`zbekiston Respublikasi hududida Aholini ro`yxatga olishning muvaffaqyatli chiqishi aholini ro`yxatga olish davridan ushbu savolnomadagi savollarni mazmun mohiyatini to`g`ri tushunganlik darajasiga bog`liq. Hozirda Respublikamiz bo`ylab tushuntirish ishlari mahalliy matbuot, radio va televideniye orqali, maktablar, tashkilotlarda suhbat uyushtirish yoki ko’rgazmali tashviqot ishlari orqali amalga oshirilmoqda.