O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5117-sonli Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-may kuni qabul qilingan “Xorijiy tillarni o’rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 31-sonli qarorlariga muvofiq bugun, 15-iyun kuni Samarqand viloyatidagi Samarqand iqtisodiyot va servis hamda Samarqand davlat chet tillar institutlarida faoliyat olib borayotgan xorijiy til o’qituvchilariga “Chet tilini bilish darajasini aniqlash va malaka sertifikatini berish” milliy sertifikatni olishlari uchun imtihon jarayonlari o’tkazilmoqda.

Jarayon Davlat test markazi va Samarqand davlat chet tillar hamda Samarqand iqtisodiyot va servis institutlari hamkorligida tashkil etilgan bo’lib, bunda o’qituvchilar B2, C1 darajasini beruvchi sertifikatlar bo’yicha imtihon topshirishsa, nomutaxassislik fan o’qituvchilaridan esa B1 darajasini beruvchi sertifaklar bo’yicha imtihon olinadi.

Bugun imtihonlar davomida o’qituvchilar darajasini aniqlash test sinovlarining (tinglab tushunish, o‘qish, leksik va grammatik kompetensiyalar, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tmoqda. Ertaga yaniy 16-iyun kuni o’qituvchilar (gapirish) ko’nikmasi bo’yicha sinovdan o’tadilar. 

Eslatib o‘tamiz: Imtihonlardan kamida maksimal ballning 60 foizi va undan yuqori ball to’plagan o‘qituvchilar muvaffaqiyatli o‘tgan hisoblanadi.

Davlat test markazi Samarqand viloyati bo’limi‌‌ axborot xizmatihttps://r.zozezop.com/statistic?url=https%3A%2F%2Ftelegra.ph%2FSamDCHTI-va-SamISI-institutlari-oqituvchilarga-Chet-tilini-bilish-darajasini-aniqlash-va-malaka-sertifikatini-berish-imtihon-jar-06-15&id=9ec79947-7a60-4dd0-8df5-440d6743c9f2

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan