Joriy yilning 26-oktabr kuni O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining bo’limlariga biriktirilgan umumiy o’rta ta’lim muassasalarida harbiy-vatanparvarlik yo’nalishiga ixtisoslashtirilgan sinf o’quvchilari o’rtasida «Yosh gvardiyachi» nomli harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi o’tkazildi.


Musobaqa O’zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat Kengashi, O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Samarqand viloyati bo’yicha boshqarmasi va Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi hamkorligida tashkil etilib unda viloyat miqyosida 4(to’rt) ta umumta’lim maktablarining «Temurbek vorislari» harbiy vatanparvarlik ixtisoslashtirilgan 7-9 sinf o’quvchilari, bular Samarqand shahridagi 1-IDUM va 43-IDUMlari, Kattaqo’rg’on shahar 11-IDUMi hamda Oqdaryo tumanining 45-IDUMi o’quvchilari to’rtta shart(Jamoani tanishtirish, Bilimlar bellashuvi, Saf tayyorgarligi hamda Sport-jangovar tayyorgarli)lari asosida bellashishdi.

Musobaqaning yakuniga ko’ra faxrli birinchi o’rinni Kattaqo’rg’on shahar 11-IDUMining «Temurbek vorislari» 9-«A» sinfining «Bars» nomli guruhi qo’lga kiritib musobaqaning Respublikasi bosqichiga qatnashish huquqini qo’lga kiritishdi.
Mas’ul shaxs, Kattaqo’rg’on shahar 11-IDUMining CHQBT fani o’qituvchisi Z.Nazarov.

Maktabning matbuot kotibi X.D.Quvondiqov

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan